

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, 24 yoshli ispaniyalik uchun "Fiorentina" va "Kristal Pelas" da'vogarlik qilmoqda.
O'yinchi Rim klubidan transfer oynasining so'nggi kunlarida ketishi mumkin.
Mayoral "Real" tarbiyalanuvchisi, "Roma" uni 2022 yilning yoziga qadar ijaraga olgan. Forvard o'tgan mavsum rimliklar tarkibida 45ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 7ta assist qayd etdi.



