"Fiorentina" Torreyra bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
30 apr 2021, 10:48
"Arsenal" xavbeki Lukas Torreyra Italiya chempionatiga qaytishi mumkin.

25 yoshli urugvaylik futbolchiga "Fiorentina" da'vogarlik qilmoqda, klub o'yinchi bilan shartnoma imzolash uchun barcha ishni amalga oshirmoqchi. Lukas hozirda ijara asosida "Atletiko"da to'p tepmoqda.

Xabarlarga ko'ra, "Milan" va "Roma" ham Torreyra uchun da'vogarlik qilishmoqda.

Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Italia