"Fiorentina" "Real" himoyachisini tarkibga qo'shib olmoqchi

Mirjalol Normatov
15 yanv 2021, 14:50
"Real" tarkibida o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgan himoyachi Alvaro Odriosola qishdayoq jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Jurnalist Janluka Di Marcioning yozishicha, 25 yoshli futbolchiga "Fiorentina" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Florenciyaliklar ayni damda "Marsel"ga o'tib ketgan Pol Lirolning o'rniga nomzod qidirmoqda.

"Fiorentina" 17 turdan keyin 18 ochko to'plagan holda A Seriya turnir jadvalining 12-pog'onasida bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal