"Fiorentina" rahbariyati bilan Vlaxovichning agenti o'rtasida kelishmovchilik sodir bo'ldi

Alisher
6 okt 2021, 08:16
"Fiorentina" forvardi Dushan Vlaxovich italyan klubi bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi.

Bu haqda klub prezidenti Rokko Kommisso ham aytib o'tdi. Rahbariyat va serbiyalik futbolchining agenti o'rtasida kelishmovchilik sodir bo'ldi.

Italiya klubi 21 yoshli serbiyalikka 4 million evrolik maosh va 2026 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qildi.

Ammo, o'yinchining agenti futbolning transferi amalga oshsa, undagi muzokaralar o'tkazish bo'yicha eksklyuziv huquqni talab qilgan. Shuningdek, u forvardning keyingi sotuvidan 10% olmoqchi bo'lgan.

Vlaxovichning "Fiorentina" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilda yakuniga etadi. Oldinroq klub prezidenti Rokko Kommisso forvard bo'yicha barcha, jumladan "Atletiko"ning avgustdagi 70 mln evrolik taklifni rad etgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: TGR RAI Toscana