"Fiorentina" "Lill" vingeri Ikoneni 14+1 mln evro evaziga xarid qiladi

Alisher
3 dek 2021, 13:20
"Fiorentina" "Lill" bilan vinger Jonatan Ikone borasida kelishuvga erishdi.

Klub 23 yoshli Fransiya yoshlar terma jamoasining sobiq o'yinchisi uchun 14 mln evro va 1 mln evro miqdorida bonus to'laydi.

"Lill" shuningdek Ikonening keyingi sotuvidan 20%ni o'ziniki qiladi.

Futbolchining o'zi esa "Fiorentina" bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzolaydi va uning maoshi 1,7 mln evro+bonuslar ko'rinishida bo'ladi.

Ikone Liga 1 doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira