"Fiorentina" Kuadradoni sotishga qarshi emas

Narzulla Saydullayev
25 yanv 2015, 16:34
Italiyaning "Fiorentina" klubi rahbariyati agar Xuan Kuadrado uchun so'ralgan pul taklif etilsa uni qo'yib yuborishini ma'lum qildi.
Bu haqda "fialkalar" ustozi Vinchenco Montella aytib o'tdi.

"Kuadradoning atrofidagi vaziyat oddiy: uning shartnomasida yozilgan transfer narxi bor. Agar qaysidir klub shuncha pul taklif qilsa va futbolchining o'zi ketishni istasa uni sotib yuboramiz. Lekin, Xuanni sotishga muhtoj emasmiz", - deydi Montella Football Italia nashriga.

Eslatib o'tamiz, oldinroq kolumbiyalik futbolchiga "Chelsi" qiziqib qolgani haqida xabarlar chiqqandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: euro-football.ru