"Fiorentina" himoyachisi Milenkovich "Vest Xem"ga o'tishga yaqin

Alisher
26 mar 2022, 16:13
"Fiorentina" himoyachisi Nikola Milenkovich "Vest Xem"ga o'tishga yaqin.

"Bolg'a urarlar" 24 yoshli serb va uning agenti bilan og'zaki kelishuvga erishishdi.

London klubi futbolchiga uzoq muddatli shartnoma taklif qildi.

Milenkovich 2021/22 yilgi mavsum "Fiorentina" tarkibida 30ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: TeamTalk