Ruben Amorim: "Finalga tayyorlanishning eng yaxshi usuli – "Chelsi"ga qarshi o'ynash"

Sherzod Nurmatov
16 may 2025, 12:17
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim APL doirasida "Chelsi"ga qarshi o'tkaziladigan o'yin haqida fikrlarini bayon etdi.

"Finalga tayyorgarlikning eng yaxshi usuli – "Chelsi"ga qarshi o'ynash. Futbolchilar shuni tushunishlari kerak: "Chelsi"ga qarshi o'ynaysizmi-yo'qmi, bu final uchun ahamiyatsiz va bu muhim. Men faqat "Chelsi" bilan bo'ladigan o'yinga tayyorgarlik ko'ryapman, butun e'tiborim shunga qaratilgan. Biz g'alaba qozonish va ajoyib o'yin namoyish etishni istaymiz. "Chelsi" bilan qanday o'ynashimiz keyingi o'yin uchun juda katta ahamiyatga ega bo'ladi. Biz ham, ular ham yaxshi o'ynashimiz lozim. Eng muhimi shu", – dedi Amorim. 

Uchrashuv Yevropa Ligasi finaliga besh kun qolganida bo'lib o'tadi. Final o'yinida MYU "Tottenxem" bilan bellashadi.

Avvalroq Amorim MYU xodimlarining Yevropa Ligasi finaliga safari uchun pul to'lagan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN