Amorim MYU xodimlarining Yevropa Ligasi finaliga safari uchun pul to'ladi

Sherzod Nurmatov
15 may 2025, 15:29
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim 30 nafar klub xodimi va ularning oila a'zolarining Yevropa Ligasi finaliga borish xarajatlarini shaxsan o'zi to'lab berdi.

Bu haqda ESPN xabar berdi.

U klub rahbariyati Bilbaoga tashrif uyushtirish uchun mablag' ajratishdan bosh tortgach, shunday qarorga kelgan.

"Tottenxem"ga qarshi bahs 21 maydan 22 mayga o'tar kechasi Bilbaodagi "Nuevo San-Mames" stadionida bo'lib o'tadi. 

Klub Manchestyerda o'yinni pullik ko'rishni tashkil qilish bilan cheklanib qoldi, bunda xodimlar va ularning mehmonlari uchun taomlar pulli bo'ladi.

Taqqoslash uchun, PSJ prezidenti Nosir Al Helayfi 1 iyunga o'tar kechasi Myunxenda bo'lib o'tadigan Chempionlar Ligasi finaliga barcha 600 nafar klub xodimiga tekin chipta taqdim etgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN