Finaldan chetlatilgan futbolchilarni bilasizmi?

Mamlakat kubogining hal qiluvchi bahsi haqida ma'lumot berishda davom etamiz.

Bugun barcha futbolchilar qo'rqadigan mavzuni tanladik - qizil kartochkalar.

Finallar tarixiga e'tibor qaratsak, 29 bahsda 14 nafar futbolchi maydondan chetlatilgani ko'rinadi. Ularni jamoalar kesimida e'tiboringizga havola qilamiz.

"Bunyodkor": Xayrullo Karimov, Aziz Haydarov, Akram Komilov.

"Paxtakor": Farhod Magometov, Ixeroume Uche, Ilhom Suyunov.

"Navbahor": Ulug'bek Ro'zimov, Shuhrat Rahmonqulov.

"Lokomotiv": Jasur Hasanov, Islom To'xtaxo'jaev.

"Neftchi": Rustam Do'rmonov.

"Yangier": Rustam Abdiev.

"Do'stlik": Baxtiyor Ashurmatov.

"Nasaf": Oybek Bozorov.

Shuningdek, 1997 yilgi finalning 12-daqiqasida "Neftchi" ustozi Yuriy Sarkisyan ham texnik zonani tark etishga majbur bo'lgan. Uni Sardor Najafaliev chetlatgan edi.

Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI


Manba: championat.asia