

Ikki noma'lum shahs 26 yoshli futbolchining uyiga bostirib kirgan. O'sha paytda futbolchi Kelnda finalda o'ynayotgandi.
O'g'irlikka futbolchining rafiqasi Alisha halaqit qilgan. U uyda ikki bolasi bilan birga bo'lgan. Alisha bog'da ikki kishi yurganini sezib qolgan va chiroq yoqqanida ular uydan qochib chiqib kyetishgan.
O'g'rilar uyda hech kim yo'q deb o'ylashgan. Bunga qadar Sevilyada Vilyam Karvalyu, Xoakin va Chicharito kabi futbolchilarning uyiga ham o'g'ri tushgandi.



