Filippo Inzagi: "Xondaning o'rniga El-Shaaravi tushishi kerak edi"
Aslanov Jasurbek
29 sen 2014, 11:35
"Milan" bosh murabbiyi Filippo Inzagi "Chezena"ga qarshi Italiya chempionati 5-tur uchrashuvida yuzaga kelgan noqulay vaziyat haqida so'zlab berdi.
"Ikkichi bo'limda Xondaning o'rniga El-Shaaravini tushirmoqchi edim. Ammo o'n kishi qolganimizdan keyin rejalar o'zgardi, hech bo'lmasa durangni saqlab qolish kerak edi" - deydi Inzagi.