Filippe Koutino qishdayoq “Barselona”ni tark etishi mumkin

Aslanov Jasurbek
19 dek 2020, 09:53
Bunga sabab ham ma'lum.

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra Kataloniya klubi jamoa yarim himoyachisi Filippe Koutino bilan xayrlashishga tayyor. Bunga sabab esa futbolchining yuqori maoshidir. Klub braziliyalik futbolchiga katta miqdorda maosh to'lashni davom ettirishga tayyor emas. Shu bilan birga hozircha Koutino transferiga qiziqish bildirayotgan klub yo'q.

Koutino joriy mavsum “Barselona” safida 11 ta o'yinda o'tkazib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Express