Filipp Lam: "Ustunligimiz katta emas"

Tolibjon Qosimov
20 fev 2014
"Bavariya" sardori Filipp Lam Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasidagi "Arsenal"ga qarshi o'yin haqida gapirib o'tdi.
"Arsenal" o'yinni juda kuchli boshladi. Biroq biz bunga tayyor edik. Birinchi bo'limning o'rtalarida "Bavariya" o'yin tizginini qo'lga oldi va to'pni o'z boshqaruvi ostida ushlab turdi. Oqibatda biz o'zimizga kerakli natijani qo'lga kirita oldik. Biroq ushbu ustunlik u qadar katta emas. Oldinda javob uchrashuvi bor", dedi Lam.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net