Filipp Lam: "Faoliyatimni Gvardiola qo'l ostida yakunlashni istardim"

Aziz Tukhtamuradov
2 apr 2015, 21:30
Bavariya futbolchisi Filipp Lam klub bosh murabbiyi Xosep Gvardiola haqida gapirib o'tdi.
"Albatta, Gvardiola "Bavariya" bilan shartnomani uzaytirishi lozim. U ajoyib murabbiy. Men aynan uning qo'l ostida "Bavariya"dagi faoliyatimni yakunlagan bo'lardim.

Gvardiola "Bavariya" bilan YCHLda g'olib chiqa oladi", - deydi Lam.

Eslatib o'tamiz, ispaniyalik murabbiyning klub bilan amaldagi shartnomasi 2016 yilda o'z yakuniga etadi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru