Fil Nevill vaqtincha "Valensiya" bosh murabbiyi bo'lib ishlaydi

Narzulla Saydullayev
1 dek 2015, 10:00
Nunu Eshpiritu Santu "Valensiya" bosh murabbiyi lavozimini tark etgach, jamoani uning yordamchisi Fil Nevill boshqarib turadi, deb xabar bermoqda "Marca" nashri.

Angliyalik yosh murabbiy jamoani Ispaniya kubogi 1/16 finali doirasidagi "Barakaldo"ga qarshi o'yinga (2 dekabr) tayyorlaydi. "Ko'rshapalaklar" bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodlar sifatida Mikael Laudrup va Frank Raykard nomi tilga olinmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: marca.com