

"Manchester Yunayted" klubi himoyachisi Fil Jons faoliyatini Fransiyada davom ettirishga yaqin turibdi. Mercato bergan ma'lumotga qaraganda, "Bordo" klubi futbolchini ijaraga olishga yaqin. Insayder Fabricio Romanoning qo'shimcha qilishicha, klub futbolchi bilan kelishuvga erishib bo'lgan. Faqatgina jamoa bosh murabbiyi Ralf Rangnikning roziligini olish qoldi.
Fil Jons APLning so'nggi ikki mavsumida uch martagina maydonga tushdi.



