FIFA.UZ: Italiya chempionati uchun jamoa tuzdingizmi?

Narzulla Saydullayev
28 avg 2014, 12:29
30 avgust kuni Italiyada yangi mavsum start oladi.
FIFA.UZ saytida Italiya chempionatining yangi mavsumi ochilganiga bir necha kun bo'ldi.

Italiya A seriyasi uchun jamoa tuzib "fantasy" futbol borasida kuchingizni sinovdan o'tkazib ko'rishingiz mumkin. Totti, Vidal, Di Natale, Buffon kabi yulduzlarni o'z jamoaingizga qo'shib olish imkoni sizda ham bor.

Eslatib o'tamiz, har bir chempionatda g'olib chiqqan ishtirokchi "JOMA"ning sifatli formalar to'plamini yutib oladi.


Birinchi tur taqvimi:

30 avgust
Kevo - Yuventus
Roma - Fiorentina

31 avgust
Atalanta - Verona
Milan - Lacio
Chezena - Parma
Djenoa - Napoli
Palermo - Sampdoriya
Sassuolo - Kalyari
Torino - Inter
Udineze - Empoli

Italiyada birinchi tur dedlayni 30 avgust kuni 20:00da tugaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia