FIFA.UZ: Ertaga Fransiya chempionatida 1-tur dedlayni!

Narzulla Saydullayev
6 avg 2015, 18:19
Hurmatli FIFA.UZ ishtirokchilari!

FIFA.UZ saytida Fransiya chempionatining 2015/2016 yilgi mavsum uchun bag'ishlangan bo'limi ochilganini ma'lum qilamiz.

Chempionat 8 avgustda start oladi va keyingi yilning may oyida o'z nihoyasiga etadi. Unda Fransiyaning eng kuchli 20ta klubi qatnashadi. Chempionat 38ta turdan iborat bo'ladi.

Yevropaning eng kuchli ligalaridan biri bo'lgan Fransiya 1-divizioni uchun jamoa tuzing va boshqalar bilan bellashing! Hozirga qadar 200dan ortiq jamoa tuzib bo'lindi. Jamoa tuzishga o'tish - FIFA.UZ

Birinchi tur juftliklari
Bordo – Reyms
Nant – Gengam
Gazelek - Ayachcho
Lill – PSJ
Monpele – Anje
Nicca – Monako
Marsel – Kan
Lion – Loryan
Bastiya – Renn
Tuluza – Sent-Eten

Ilk tur dedlayni 7 avgust kuni 19:59da tugaydi!


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia