"FIFA.UZ": Chempionlar ligasi to'pi o'z egasini topdi

Narzulla Saydullayev
21 fev 2014
Xabaringiz bor, FIFA.UZ sayti Yevropa chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi "Manchester Siti" - "Barselona" uchrashuvidan oldin o'ziga xos akciya tashkil etgandi.
FIFA.UZ ning feysbukdagi sahifasida bo'lib o'tgan akciyada Ziyodilla Mirsagatov g'olib bo'ldi. Aeroportda ishlaydigan 23 yoshli Ziyodilla bugun o'ziga atalgan to'pni qabul qilib oldi.

Eslatib o'tamiz, bugun FIFA.UZ da Ispaniya, Germaniya va Fransiya chempionatlarida navbatdagi tur uchun "dedlayn" qilish mumkin.

Shu o'rinda championat.asia ning feysbukdagi sahifasi ham borligini takidlash lozim.

Suratda FIFA.UZ bosh mutaxassisi Marat Aksanov (chapda) sovg'ani Ziyodilla Mirsagatovga topshirmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia