FIFA.com: Sadoqat taqdirlandi

Narzulla Saydullayev
3 iyul 2013
FIFA rasmiy saytida, yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatining kechagi kun o'yinlariga bag'ishlangan maqola chop etildi.
Uning O'zbekistonga aloqador qismlarini sizga etkazishga qaror qildik. 

Esda qolarli xodisalar
Sadoqat taqdirlandi
O'zbekistonning Turkiyadagi har bir o'yinida - xoh u g'alaba bo'lsin, xoh mag'lubiyat, xoh durang, bir guruh shiddatli baraban sadolari bilan qo'llab quvvatlovchi muhlislar quvnoqlik va rang-baranglik muhitini yuzaga keltirishdi. O'tgan olti kun davomida bu muhlislarning o'z jamoasini qo'llab quvvatlashga intilishi ulkan sadoqatni talab etdi. Ular Bursa, Antaliya hamda Gaziantep shaharlariga yetib borish uchun 2 ming kilometrga yaqin masofani bosib o'tishdi. Futbolda bunday qurbonliklar doim ham taqdirlanavermaydi. Ammo o'zbekistonlik futbolchilar, o'z muhlislarini mehmonxonalariga o'zlarida yo'q xursand holda qaytib borishlarini va endi chorak final uchun Rizo shahriga navbatdagi sayohatga tayyorlanishlarini taminlashdi. 

Kun statistikasi

O'zbekiston Gretsiyani 3:1 hisobida mag'lub etgan o'yinda 3 ta penalti aniq amalga oshirildi. Bundan avval FIFA ning yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatlari tarixida bunday ko'rsatkich ikki marta qayd etilgan. 2011 yilda Argentina 2:1 Misr, Yaponiya 2:2 Chexiya o'yinlarida tomonlar uch marotaba penaltidan gol kiritishgan. Yana bir o'xshash jihati, uchchala o'yinlarning nimchorak finalda bo'lib o'tganidir.


Qobiljon Babaev tarjimasi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: