

"Hozir klublar o'rtasidagi jahon chempionatining formulasi biroz qiyinroq. Turnir 10dan 30 iyungacha o'tkazilib, unda jahonning 32 ta eng yaxshi klubi ishtirok etishi mumkin. Bu u yoqdan bu yoqqa uchadigan mavsumoldi turnelaridan yaxshiroq bo'lardi.
Buning hammasi - ushbu davrda dam oladigan futbolchilar sog'iligi uchun. Boban, Van Basten va men bu yerda yaxshiroq formula topmoqchimiz" - deydi Infantino.
2005 yildan beri klublar o'rtasidagi jahon chempionatida 7 ta jamoa ishtirok etadi.



