FIFA vakili: "Robbenga nisbatan hech qanday jazo qo'llanilmaydi"

Aziz Tukhtamuradov
30 iyun 2014, 21:22
FIFA vakili Deliya Fisherning aytishicha tashkilot Gollandiya terma jamoasi futbolchisi Aren Robbenga Meksikaga qarshi o'yindagi simulyaciyasi uchun jazo bermaydi.

"Bilishimcha, Robbenga nisbatan hech qanday sankciyalar qo'llanilmaydi.

FIFA futbolchilardan feyr-pleyga amal qilishni so'raydi. O'yinni boshqarish esa hakamlarning ishi. Ular bunday vaziyatlarda kartochka ko'rsatishlari lozim", - deydi Fisher.

Eslatib o'tamiz, o'yindan so'ng Robben vaziyatlardan birida simulyaciya ishlatganini aytgan edi. Keyinroq esa Gollandiya futbol federatsiyasi futbolchining gaplari noto'g'ri tarjima qilingani haqida bayonot berdi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru