FIFA Suaresning jazosini biroz engillashtirdi

Narzulla Saydullayev
4 iyul 2014
FIFA Luis Suaresga mashg'ulot o'tkazish uchun ruxsat berdi. Bu haqida tashkilotning tartib-intizom qo'mitasi rahbari Klaudio Sulser ma'lumot berdi.
“Biz Suaresning mashg'ulot o'tkazish huquqini chegaralab qo'ya olmaymiz. Men qo'mita rahbari sifatida vaziyatga xolis baho berishni talab qildim”, - deya Sulserning so'zlaridan iqtibos keltiradi The Guardian.

Shuningdek, Kladuio Urugvay futbol Federatsiyasi Suaresning to'rt oylik diskvalifikaciyasi bo'yicha FIFAga apelyaciya berganligini ham qo'shimcha qildi. Avvalroq, FIFAning Luis Suaresning transferiga hech qanday qarshilik ko'rsatmasligi aytilgandi.

Urugvaylik hujumchini qo'lga kiritishga “Barselona” klubi bosh davogar bo'lib turibdi. Ayrim manbalarda kataloniyaliklarning Suares uchun 90 million dollar sarflamoqchi bo'layotgani aytilgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com