FIFA sobiq hakami Iturralde: "Suares raqibiga atayin tegdi, penalti yo'q edi"

Aslanov Jasurbek
14 mar 2019, 13:13
FIFA sobiq hakami Eduardo Itturalde "Barselona" hamda "Lion" o'rtasidagi Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvining 16-daqiqasida fransiyaliklar darvozasiga belgilangan penalti haqida fikr bildirdi.

O'sha vaziyatda Jeyson Denayer sirpanib to'pni maydonda chiqarib yubormoqchi bo'ldi, urugvaylik esa uning oyog'ini bosib oldi va yiqildi. Lionel Messi 11 metrli jarima zarbasini golga aylantirdi.

Suares penalti haqida: "Tasodifan Denayerning oyog'ini bosib oldim, qarorni hakam qabul qiladi"

"Bu men uchun penalti emas, chunki Suares raqibiga atayin tegdi" - deydi Itturalde.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS