FIFA Shakiri va Jakaning golni nishonlashi yuzasidan ish ochdi

Aziz Tukhtamuradov
24 iyun 2018, 08:44
FIFA tartib-intizom qo'mitasi Shveytsariya terma jamoasi futbolchilari Granit Jaka va Jyerdan Shakirining xatti-harakati yuzasidan ish ochdi.

Gap bu ikki futbolchining Serbiyaga qarshi o'tkazilgan o'yin (2:1)da kiritilgan gol va uni nishonlash haqida ketmoqda. Jaka va Shakiri golni nishonlash chog'ida burgutni tasvirlashga urinishgan. 

Bu esa Albaniya mamlakatining mustaqillik ramzi bo'lib, davlat bayrog'ida burgut aks etgan. Vaziyatga bunday siyosiy tus berilishi tribunada o'tirgan muxlislar o'rtasida noroziliklarni keltirib chiqargan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif