FIFA reytingi yangilandi: O'zbekiston ikki pog'ona yuqoriladi

Sherzod Nurmatov
26 okt 2023, 14:15
FIFA o'zining rasmiy saytida milliy terma jamoalarning yangilangan reytingini e'lon qildi.

O'tgan oyga nisbatan kuchli beshlikda o'zgarish yo'q. Xorvatiya 6-o'rindan 10-o'ringa tushib ketgan bo'lsa, Portugaliya 8-o'rindan 6-o'ringa, Ispaniya esa 10-pog'onadan 8-pog'onaga ko'tarilib olgan. 

Srechko Katanets boshqaruvidagi O'zbekiston MTJ dunyo reytingida ikki pog'ona yuqorilab, 73-o'ringa joylashgan, Osiyoda esa 10-o'rinni saqlab qolgan.

FIFA talqinida TOP-10 talik:

1. Argentina 

2. Fransiya  

3. Braziliya  

4. Angliya 

5. Belgiya 

6. Portugaliya  

7. Niderlandiya

8. Ispaniya 

9. Italiya 

10. Xorvatiya  


Osiyo bo'yicha TOP-10 talik:

1. Yaponiya

2. Eron

3. Koreya Respublikasi

4. Avstraliya

5. Saudiya Arabistoni

6. Qatar

7. Iroq

8. BAA

9. O'mon

10. O'zbekiston

Ushbu havola orqali to'liq reyting bilan tanishishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fifa.com