

Bu xabarga Monjunning o'zi shunday izoh berdi
"Men nishon bo'lganimning asosiy sababi, kamina FIFAning boshqaruv strukturasiga kirmoqchi bo'lganimdir. Axloq qo'mitasi menga nisbatan jinoiy ish qo'zg'agani yo'q va kaminani korrupsiya yoki poraxo'rlikda ayblamayapti. Ularning fikricha, men ular bilan etarli darajada hamkorlik qilmayapman va tashkilotning sirlilik talabini buzdim. Qo'mita menga 15 yil futbolga aralashmaslikni aytdi" - deydi Monjun.
Oldinroq, JCH-2022 mezboni uchun ovoz berilayotganida Monjun Janubiy Koreya ushbu turnirni olsa, mamlakat FIFAga 777 mln. dollar pora berishini aytgan.



