FIFA prezidenti qancha maosh oladi?

Оқил Абдубарноев
17 mar 2024, 01:01
Tashkilot rahbarining daromadi 33 foizga o'sgan.

Xalqaro futbol federatsiyasi(FIFA)ning moliyaviy hisobotiga ko'ra, tashkilot prezidenti Janni Infantino o'tgan yili bonuslar bilan birga 4,13 million Shveytsariya franki(taxminan 4,67 million AQSH dollari)dan ko'proq daromad olgan, bu avvalgi yillarga qaraganda 33 foiz ko'p ekanligini anglatadi. 

Infantinoning maoshi o'tgan yili 126 ming AQSH dollariga oshgan va hozirda 2,78 million AQSH dolarinini tashkil etadi. U 2022 yilgi jahon chempionati uchun 1,86 million AQSH dollari bonus olgan.

Ma'lumot uchun, FIFAning avvalgi prezidenti Zepp Blatter o'zining asosiy maoshi va yillik 3 million dollarlik bonuslaridan tashqari, 2014 yilgi jahon chempionati uchun shartnoma bo'yicha 12 million AQSH dollari miqdorida bonus olgan.

FIFA tashkilotga a'zo 211 nafar assotsiatsiyaning har biriga har to'rt yilda 8 million dollargacha mablag' ajratadi. Birgina o'tgan yilning o'zida futbolni rivojlantirish uchun 470 million AQSH dollari sarflagan.

FIFAning hozirgi moliyaviy zaxiralari 3,6 milliard dollarni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: AP