FIFA prezidenti CAFA Nations Cup finaliga keladi

Sherzod Nurmatov
6 sen 2025
FIFA rahbari Janni Infantino yurtimizga tashrif buyuradi.

"O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi taklifiga ko'ra, FIFA prezidenti Janni Infantino O'zbekistonda futbolni yanada rivojlantirishga doir loyihalarni muhokama qilish, Milliy futbol markazi bilan yaqindan tanishish hamda CAFA Nations Cup 2025 musobaqasining final uchrashuvini stadiondan kuzatish maqsadida yurtimizga keladi", – deyiladi xabarda.

Avvalroq Infantino 2024 yil oktyabr oyida futzal bo'yicha Jahon chempionati vaqtida O'zbekistonga kelgan edi.

Eslatib o'tamiz, Eron hamda O'zbekiston o'rtasidagi final bellashuvi 8 sentyabr kuni 19:30 da start oladi. Hal qiluvchi uchrashuvga "Olimpiya" stadioni mezbonlik qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати