FIFA mundial vaqtida kiyim almashtirish xonalarida sodir bo'layotgan voqealarni translyatsiya qilmoqchi

Sherzod Nurmatov
9 iyul 2022, 22:30
FIFA Qatardagi JCH paytida ishtirokchi jamoalarning kiyinish xonalaridan translyatsiyani amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Kadrlar jonli efirda yoki biroz kechikish bilan namoyish etilishi ko'zda tutilgan. Bu masala noyabr oyida hal qilinishi mumkin. 

FIFA bir necha yilardan buyon futbol jozibasini yanada oshirish yo'lidan bormoqda. Mutasaddilar endi translyatsiya jarayonini yangilashga harakat qilishmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Jahon chempionati 21 noyabrdan 18 dekabrga qadar Qatarda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fifa.com