

Arsen Venger FIFA Jahon chempionatini har ikki yilda bir marta o'tkazish g'oyasidan voz kechganini e'lon qildi.
"Mendan bu haqda o'ylab ko'rishni so'rashdi va men buni yaxshi fikr deb o'yladim. Ammo bunday o'zgarishlar uchun saralash taqvimini to'liq qayta ko'rib chiqish kerak bo'lardi.
Bugun biz bunga intilmayapmiz. Biz to'rt yillik davrni kuzatmoqdamiz, bu davrda erkaklar o'rtasidagi mundial tobora ahamiyatli bo'lib borayotgan ayollar o'rtasidagi Evro va klublar o'rtasidagi JCH bilan almashib qoladi", – dedi FIFAning global rivojlanish bo'yicha rahbari.



