FIFA JCH-2026ni qabul qilish uchun ikkita arizani qabul qildi

Narzulla Saydullayev
30 noya 2017, 23:52
FIFA 2026 yilgi Jahon chempionatini o'tkazish uchun ikkita ariza qabul qilinganini e'lon qildi.

Hozircha FIFA aynan qaysi davlatlar bu mundialni qabul qilmoqchi ekanligini ma'lum qilmadi. Ammo shu kunga qadar Kanada, Meksika va AQSH davlatlari birgalikda Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqchi ekanligi haqida xabarlar chiqqandi. Yana bir nomzod esa Marokash mamlakati edi.

Ariza qabul qilish 2018 yilning 16 martiga qadar davom etadi. 2026 yilgi mundial mezboni 2020 yil may oyida aniqlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fifa.com