

FIFA tartib-intizom qo'mitasi Granit Jaka, Jyerdan Shakirining xatti-harakati yuzasidan ish ochgandi. Futbolchilar Serbiyaga qarshi o'tkazilgan o'yin (2:1)da kiritilgan gol va uni nishonlash chog'ida burgutni tasvirlashga urinishgan edi.
Bu esa Albaniya mamlakatining mustaqillik ramzi bo'lib, davlat bayrog'ida burgut aks etgan. Vaziyatga bunday siyosiy tus berilishi tribunadagi muxlislar o'rtasida norozilikni keltirib chiqargandi. Har ikki futbolchining ajdodlari albaniyaliklar bo'lgan.
Shveytsariya terma jamoas sardori Shtefan Lixtshtayner esa o'yin davomida xuddi shunday harakatni amalga oshirgan. FIFA avvaliga futbolchilarni 2ta uchrashuvga chetlatmoqchi bo'lgandi, lekin yakunda jazoni yumshatdi. Jaka va Shakiri 8 630, Lixtshtayner esa 4 314 evro miqdorida jarimaga tortildi.



