FIFA Jahon chempionati bo'yicha qaror qabul qildi

Sherzod Nurmatov
20 mar 2026
FIFA joriy yilda bo'lib o'tadigan Jahon chempionati finaliga o'zgartirish kiritib, shou-dastur qo'shdi.

Jahon futbol tashkiloti Global Citizen bilan hamkorlikda uchta davlatda bir vaqtda o'tadigan yirik kontinental musobaqa final uchrashuvi tanaffusi vaqtida shou-dastur tashkil etadi.

19 iyul kuni Nyu-York Nyu Jersi stadionida bo'lib o'tadigan finalda mashhur ijrochilar chiqish qilishi rejalashtirilgan. Ushbu tadbirni 2 milliardga yaqin tomoshabin kuzatishi kutilmoqda.

FIFA prezidenti Janni Infantino futbol va ko'ngilochar dasturlarni uyg'unlashtirish jahon auditoriyasi uchun yangi tajriba bo'lishini ta'kidladi.

Shuningdek, Tayms skver Jahon chempionatining asosiy maydonlaridan biriga aylanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: nynjfwc26.com