

FIFA va Indoneziya futbol federatsiyasi mahalliy policiyachilarni o'yinlar vaqtida stadionlarda ishlashga o'rgatish uchun maxsus guruh tuzadi.
Maxsus guruhning tashkil etilishi 2023 yil Indoneziyada yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati o'tkazilishi bilan bog'liq. FIFA prezidenti Janni Infantino mahalliy federatsiya bilan hamkorlikni rasmiylashtirish uchun tez orada Indoneziyaga boradi.
Eslatib o'tamiz, Indoneziya chempionatidagi uchrashuvlardan biridan keyin yuzlab insonlar tartibsizliklar tufayli vafot etgan edi.



