

FIFA g'oyasi bo'yicha, klublar ko'pi bilan 8 nafar futbolchini ijaraga berishi mumkin va bir klubga beriladigan o'yinchilar soni 4 kishidan oshmasligi kerak. Klubning 21 yoshgacha bo'lgan iqtidorli tarbiyalanuvchilari uchun istisno qilinishi mumkin.
Agar cheklov kuchga kirsa, bu qoida ko'proq "Chelsi" va "Yuventus"ga ta’sir ko'rsatadi. Joriy mavsum ingliz klubi 40 nafar, A Seriya jamoasi esa 26 nafar futbolchisini ijaraga bergan.



