FIFA, FIFPro va Interpol kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashish kompaniyasini boshladi
Aslanov Jasurbek
30 okt 2014, 16:44
30 oktyabrda Tokioda FIFA, Professional futbolchilar xalqaro assotsiatsiyasi (FIFPro) va Interpol kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashish kompaniyasini boshlashdi.
"Biz yirik katta uch tashkilotlarning kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashish kompaniyasini nishonlayapmiz. Biz kuchlarimizni birlashtirib halol o'yinni yuksak cho'qqiga olib chiqmoqchimiz" - deydi FIFPro bosh kotibi Teo van Seggelen.