FIFA Blatter va Platinini sudga berdi

Mirjalol Normatov
16 dek 2019
FIFA bugun, 16 dekabr kuni Zepp Blatter va Mishel Platinini sudga berdi.

Qayd etilishicha, FIFA o'zining sobiq amaldorlaridan 2011 yili to'lab berilgan 1,6 million evroni qaytarishini talab qilmoqda. Shveytsariya Oliy sudi ham ushbu to'lovni "o'zboshimcha to'lov" deb atagan.

Agarda ushbu holat amalga oshib, mablag' tashkilotga qaytariladigan bo'lsa, bu summa futboli unchalik rivojlanmagan davlatlarni bo'lib beriladi.

Eslatib o'tamiz, Blatter va Platinini 2015 yilda 8 yilga futbolga aloqador ishlardan butunlay chetlatishgandi. Keyinchalik bu muddat 6 yilgacha qisqartirilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: fifa.com