FIFA "Barselona"ga Suarezni taqdimot marosimini o'tkazishini taqiqlab qo'ydi
13 iyul 2014, 21:40
Kataloniya "Barselona" klubi yangi sotib olgan futbolchisi Luis Suarezning taqdimot marosimini o'tkaza olmaydi.
FIFA Luis Suarezni jahon chempionati o'yinidagi raqib futbolchisini tishlagani uchun to'rt oy vaqtga futboldan chetlatgandi. Suarez bu vaqt mobaynida hech bir futbol o'yinlarida va futbolga aloqador tadbirlarda qatnashishi mumkin emas.