FIFA 22 muqovasida qaysi futbolchi bo'lishi ma'lum
Aslanov Jasurbek
9 iyul 2021, 21:08
Electronic Arts kompaniyasi FIFA 22 futbol simulyatorining muqovasida turadigan o'yinchi nomini e'lon qildi.
Bu futbolchi PSJ va Fransiya terma jamoasi forvardi Kilian Mbappe bo'ladi. Takidlash joizki, futbolchi o'tgan yilgi FIFA o'yinining ham "yuzi"ga aylangandi.
FIFA 22 joriy yilning kuz oylarida sotuvga chiqishi aytilmoqda.