Fevzi Davletov: "O'yinga qaytishimiz uchun gol yetishmadi"

Mirjalol Normatov
17 okt 2025, 23:18
Superliga 25-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Surxon" (2:1) uchrashuvidan so'ng "Surxon" bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yinni juda yomon boshladik, g'alati gol o'tkazib yubordik. Keyinchalik jamoa o'ziga kelib ulgurmasidan ikkinchi golni qo'yib yubordik. 15 daqiqalar vaqt mobaynida ko'p xato qildik. Keyin o'yin sokinlashdi. O'sha xatolar o'yinning borishiga ta’sir qildi. Bizning o'yinga qaytishimizga gol yetishmadi. Umuman olganda vaziyatlar yaratdik, biroq bizda vaziyatlardan foydalanish jihati oqsamoqda. 

Ikkinchi bo'lim oldidan bir qator o'zgarishlar qildik, yaxshiroq o'ynadik va agressiv harakat qildik. Darvoza yoniga borganda bizga sovuqqonlik yetishmadi, qayerdadir zarba noaniq ketdi, qayerdadir darvozabon qaytardi, qayerdadir himoyachilar zarba yo'liga to'g'anoq bo'lishdi. Ushbu jihatda bizda yetishmovchiliklar bor. Biz hujumdagi o'yinimizni yaxshilashimiz kerak, - dedi Fevzi Davletov.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia