Fevralda "Matiz" minib yurgan Romero martda "Lamborjini" sotib oldi

Aslanov Jasurbek
3 mar 2017
"Manchester Yunayted" posboni Serxio Romero bir necha kun oldin "temir tulpori"ni o'zgartirdi.

Argentinalik darvozabon 20 ming funtlik Fiat mashinasini 170 ming funt turadigan Lamborjini Gallardoga almashtirdi.

"Manchester Yunayted" bilan Angliya liga Kubogida g'olib chiqishidan oldin Romero mashg'ulotlarga o'zimizning Matizga o'xshash Fiat 500 Abarth avtomashinasida kelar edi.


"Sautgempton"ga qarshi liga kubogi finalida maydonga tushmagan posbon ushbu g'alabadan yaxshigina pul ishlab olgan ko'rinadi.


Lamborghini GallardoFiat 500 Abarth
Narxi: 170 000 funtNarxi: 20 000 funt
Maksimal tezligi: 202 mil/soatMaksimal tezligi: 129 mil/soat
60 mil qanchada erishadi: 2,9 soniya60 mil qanchada erishadi: 6,9 soniya
Uzatish qutisi: 6 taUzatish qutisi: 5 ta

Jamoaning bazi boshqa futbolchilari ham mashg'ulotga yangi mashinalarda tashrif buyurishdi.

Kris Smolling (Ferrari)



Fil Jons (Bentley)



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail