Fernandu Santush: "Kolumbiyaga qarshi o'yinda bitta gol urishimiz kerak edi"

Narzulla Saydullayev
15 iyun 2014, 01:31
Gretsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush Kolumbiyadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (0:3) natija adolatli bo'lganini tan oldi.
– 0:3 hisobida yutqazib, natija adolatsiz bo'ldi deya olmaysan, – deydi Santush A Bola nashriga. – Haqiqatni tan olmaydiganlar shunday qiladi. Gretsiya ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'ynadi, ammo yakunda uchinchi golni o'tkazib yubordik.

Biroz tarqoq tarzda o'ynadik. Yaponiyaga qarshi bahsda bor kuchimizni ishga solmoqchimiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport-express.ru