Fernandu Santush: "Keylor Navas bo'lmaganida natija boshqacha bo'lardi"

Aziz Tukhtamuradov
30 iyun 2014, 08:32
Gretsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush Kosta-Rikadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Omad yoki omadsizlik haqida gapirishni yoqtirmayman.
U kimgadir kulib boqishi zarur edi va ularni bu bilan tabriklayman.
Kosta-Rika dastlabki 15 daqiqada yaxshi o'yin ko'rsatdi. Keyin esa tashabbus bizning qo'limizga o'tdi.
Gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng bor kuchimiz bilan oldinga o'tdik va o'yinni qo'shimcha vaqtgacha olib borishga muvaffaq bo'ldik.
Keyin esa g'alaba uchun o'ynadik. Lekin, Keylor Navasning ajoyib o'yini g'alaba qozonishimizga yo'l bermadi. U bo'lmaganda natija ham boshqacha bo'lardi", - deydi murabbiy.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net