Fernando Torres jarohati bois ikki haftaga safdan chiqdi

2 okt 2013, 10:03
“Chelsi” klubi hujumchisi Fernando Torres, Chempionlar ligasi 2-tur guruh bosqichi doirasida “Styaua” klubiga qarshi o'yinda (4:0), tizzasidan jarohat oldi va taxminan ikki haftaga safdan chiqdi.

Bu haqda klub bosh murabbiyi Joze Mourinyo xabar bergan.

“Dastlabki tibbiy ko'rik Torresning jarohati jiddiy emasligini ko'rsatdi. Fernando tizza bo'g'imidan jarohat olgan, biroq aniq tashxis to'liq tibbiy ko'rikdan keyin ma'lum bo'ladi.

U yakshanba kuni bo'lib o'tadigan “Norvich”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishini yaxshi biladi. Bundan tashqari futbolchi milliy terma jamoasining ikkita o'yinini ham o'tkazib yuboradi. Biroq hujumchi “Kardiff”ga qarshi o'yinga maydoga qaytishi mumkin, chunki bu o'yingacha 15 kun bor. Agar muolaja ko'ngildagidek kechsa, o'ylamanki barchasi yaxshi bo'ldi”, - deydi portugaliyalik mutaxassis.


Manba: sports.ru