Fernando Torres xizmatlaridan voz kechishdi

Aslanov Jasurbek
21 dek 2017
"Atletiko" hujumchisi Fernando Torres Xitoy Superligasi jamoasiga o'tishi mumkin edi, ammo unga qiziqish bildirgan "Beyjing Jenxe" klubi Torres xizmatlaridan voz kechdi.

Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Luis Garsiya Plaza ma'lum qildi.

"Torres xaridiga bog'liq mish-mishlarga keladigan bo'lsak, agent uni bizga taklif qildi. Biroq tahlil qilganimizdan so'ng Torresni olmaslikka qaror qildik. Biz yulduzlarni ko'r-ko'rona taklif qilmoqchi emasmiz" - deydi Plaza.

"Atletiko" va Torres o'rtasidagi bitim 2018 yilning yozida yakuniga etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal