Fernando Torres "Korintians"ga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
23 dek 2014
"Korintians" murabbiylar shtabi "Milan" hujumchisi Fernando Torres xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Xabarlarga ko'ra, ispaniyalik futbolchi fevralda Braziliya klubiga o'tishi mumkin. "Korintians" rahbarlarining hisoblashicha, Torres mamlakat chempionati va Libertadores Kubogida yordam berishi mumkin. 

Eslatib o'tamiz, Torres "Milan"da ijara asosida to'p tepmoqda va uning transfer huquqlari "Chelsi"ga tegishli.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com