Fernando Torres: "Har bir o'yin oxirgisi bo'lishi mumkin"

Tolibjon Qosimov
12 dek 2017
"Atletiko" hujumchisi Fernando Torres Madrid klubidan kyetish haqida o'ylamayotganini ma'lum qildi.

"Mening kelajagim - har bir keyingi o'yin. Men har bir bahs oxirgisi bo'lishi mumkinligini bilaman. Men shuni his qilmoqdaman. Men bu oxirgi o'yin degan so'zlar bilan o'ynayapman. Men uchun hech narsa oson kelmagan. Gollar urdim, haro bir o'yinda kurashdim. Qo'lga kiritgan hamma narsamga mexnatim bilan erishdim", - dedi Torres.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: as.com