Fernandes: "Agar "Barselona" Alkaserni olmasa, hech kimni xarid qilmaydi"

Aslanov Jasurbek
27 avg 2016
"Barselona" rahbariyati va murabbiylar shtabi "Valensiya" hujumchisi Pako Alkasyerdan boshqa forvardni xarid qilmaydi.

Bu haqda Kataloniya klubi sport direktori Robert Fernandes e'lon qildi.

"Transfer oynasi 31 avgustgacha ochiq va biz sabr qilishimiz lozim. Alkaser bizga qiziq variant, ammo boshqa hech narsa deya olmayman. Bizda vaqt bor va so'nggi kungacha qo'limizdan kelganini qilamiz. Agar "Barselona" Alkaserni olmasa, boshqa hech kimni xarid qilmaydi" - deydi Fernandes.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca